Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli?

Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-xavo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish.

Yo‘l-transport hodisasi

Yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash

Majburiy to‘xtash

Tik cho`zilgan qiyaliklarda ajratilgan uzatma bilan avtomobilni uzoq tormozlashning qanday xavfi bor?

Shinalarning shikastlanishi ortadi.

Ulagich qismlarining shikastlanishi ortadi.

Tormoz qiziydi va ishdan chiqadi.

Chap qo‘lni yonga cho‘zish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish ishorasi nimani bildiradi?

Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

To‘xtashni

O‘ngga burilish yoki qayrilib olishni

Trotuar yoki yo'l yoqasida yurishni iloji bo'lmasa, piyodalar qanday yurishlari kerak?

Yo`l yoqasidan yoki qatnov qismining chetidan harakatlanayotgan transport vositalariga qarshi.

Har qanday yo`nalishda.

Yo`l yoqasidan yoki qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakati bo`ylab.

Ko‘rsatilgan qaysi belgi yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi?

a va b

Faqat c

Faqat a

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o`tadi:

Yashil, ko`k, qizil.

Qizil, ko`k, yashil.

Qizil chorrahaga chiqadi va ko`kni o`tkazib yuborish uchun to`xtaydi; yashil; ko`k va qizil burilishni tugallaydi.

Ko'rsatilgan belgilardan qaysinisi orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?

2

5

1

3

4

Arterial qon ketish alomatlarini ko‘rsating:

Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi

Mayda qon tomirlaridan ichki a’zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi

Qon tomirlaridan to‘q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?

Sekinlashish bo‘lagiga o‘tguncha

Sekinlashish bo‘lagiga o‘tgach

Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqli belgisi bilan belgilanadi?

3

1

2

Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yo‘lini bildiradi?

a va d

c

b

Qaysi belgi svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan joyni bildiradi?

d

c

b

a

Bu belgilar bildiradi:

"Nogiron" taniqli belgisi bo`lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 m li hududdagi to`xtab turish joyini.

"Nogiron" taniqli belgisi bo`lgan avtomobillar uchun 30 m dan keyin to`xtab turish joyiga kelishini.

Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 m li hududdagi to`xtab turish joyini.

Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg‘i sarfini tejaydi?

Ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

Shiddat bilan tezlanish va va ohista sekinlashish bilan

Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan

Yengil avtomobilning oldingi o`rindig`ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o`rnatilmagan bo`lsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?

10 yosh.

5 yosh.

12 yosh.

8 yosh.

6 yosh.

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo‘l berishi kerak?

 Yuk avtomobili

Yengil avtomobil

O`tish navbati qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

Avtobus, yuk avtomobili, mototsikl.

Avtobus, mototsikl, yuk avtomobili.

Mototsikl, avtobus, yuk avtomobili

Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?

Harakatlanish serqatnov bo`lgan yo`llarda turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi.

Turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi. Agar bu xavf tugdirsa va harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa.

Harakatlanish serqatnov bo`lgan yo`llarda haydovchi eshigini ochish taqiqlanadi. O`z joyidan yo`lovchi eshigi orqali chiqadi.

Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etiladi

Taqiqlanadi

Sanab o`tilganlardan qaysi joylarda transport vositalarining to`xtashi va to`xtab turishi taqiqlanadi?

Tramvay yo`llaridan bevosita yaqinrovda, agar bu tramvaylarning harakatiga to`sqinlik qilsa.

Barcha ko`rsatilgan joylarda.

Darvozadan chiqish joylarida.

Tramvay yo`llarida.